insurez
08-08-2024 12:21

Har bir fuqaro taqdiri, murojaatlari doimiy e’tiborda


Bugun Nurobod tumani Xalqobod mahallasida tuman hokimi S.Berdiqulovning hudud fuqarolari uchun sayyor qabuli hamda mahalla yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida 30 ga yaqin masalalar yuzasidan savol, taklif va murojaatlar yo‘llandi.

Murojaatlarning aksariyatini subsidiya, kadastr, bandlikni ta’minlash, gaz, elektr energiyasi, yo'l, toza ichimlik suvi, biznes va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun dastlabki ko‘mak, to‘lov-kontrakt, moddiy yordam va boshqa o‘qish xarajatlarining qoplab berilishi kabi masalalarda so‘ralgan amaliy va moddiy yordamlar tashkil etdi.

Tuman rahbari tomonidan har bir muammo va murojaat batafsil tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Qabuldan so‘ng mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, hududdagi 100 dan ortiq aholi tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari ko‘rigidan o‘tkazildi hamda salomatligida muammo aniqlangan fuqarolarning statsionar va ambulyator sharoitda davolanishlari uchun tavsiyalar berildi.

Teglar
- -