insurez
21-10-2024 19:01

Gullarga burkanayotgan Nurobod


Nurobod tumanida mahallalar obodligi, fuqarolarning farovon turmushi yo‘lida joylarda bunyodkorlik-ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun tumanning Ulus, Amir Temur, Sharq Yulduzi mahallalarida Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan kuzgi gul ko'chatlari ekilganligi hududlar ko'rkiga ko'rk qo'shib, go'zal manzara kasb etdi.

Shuningdek, Girdiqo'rg'on va Buloqboshi mahallari hududida bir qator obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan bo'lsa, Sharq yulduzi mahallasida joylashgan ko‘pqavatli aholi turarjoylariga tutash hududlardagi beton yo'laklar "Nur sifat kommunal xizmati" BSK tomonidan mukammal ta'mirlandi.
 

Teglar
- -