insurez
03-06-2024 14:43

Fidokor xodimlarning mehnati munosib taqdirlandi


Albatta, o‘z sohasi yo‘lida chin yurakdan, halol va fidokorona xizmat qilgan insonlar mehnati hech qachon izsiz ketmaydi. Bugun Nurobod tumanida ham ana shunday soha fidoyilarining mehnati munosib taqdirlandi. Jumladan, 1-iyun – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi “Nurobod” hududiy boshqarmasi tashkil etilgan kun munosabati bilan boshqarma xodimlarining bir guruhi ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish ishlaridagi fidoyiligi va sohadagi ko‘p yillik samarali mehnati alohida e’tirof etildi. Ularga viloyat va tuman hokimliklarining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida so‘z olganlar taqdirlanganlarni samimiy qutlab, ularga kelgusidagi xizmat faoliyatida ham omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Teglar
- -