“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik tanlovi start olmoqda
Diqqat_tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etish uchun 2024-yilning 20-iyulidan 30-iyuliga qadar hujjatlar qabul qilinadi. Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi: ¤Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi; ¤Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat-notijorat tashkiloti; ¤Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti; ¤Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro. Tanlovda ishtirok etishni istagan fuqarolar xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi kotibiyatiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaat uchun tel.: (93) 330-06-00