Chet elda ishlangan davr ish stajiga hisoblanadimi?
🔰 Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq chet elda ishlash davrlari:
💠 mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy ravishda 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
💠 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun -to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
💠 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliqlar to‘langan davr ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
⏩ Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan fuqaro o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lashni quyidagi tartibda amalga oshirish huquqiga ega:
- har oyda yoki har chorakda;
- bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.