insurez
23-07-2024 20:08

Akademik litseylarga test sinovlari 25-26-iyul kunlari bo’ladi


2024-2025-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 25-iyul kuni ikkinchi smenada (faqat Toshkent shahrida) va 26-iyul kuni ikki smenada (barcha hududlarda) bo‘lib o‘tadi. Bunda: 1-smena — 09:00 da; 2-smena — 15:00 da boshlanadi. Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi. Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Teglar
- -