insurez
07-10-2024 15:33

Aholini kambag'allikdan chiqarish borasidagi ishlar muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumani 2-sektor hududidagi mahallalarda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari N.Soyipova rahbarligida aholini kambagʻallikdan chiqarish, bandligini ta'minlash borasida qilingan ishlar va kelgusida rejalar muhokamasi bo'lib o'tdi.

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida aholi turmush darajasini yaxshilash, farovonligini ta'minlash, kambag'allikdan chiqarish, bandligini ta'minlash borasida bajarilgan ishlar tahlil qilindi.

Fuqarolarning doimiy bandligini ta'minlash, salomatligini tiklash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash orqali kambagʻallikdan chiqarib, farovon turmushini ta'minlash borasida mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Bu kabi muhokama yig'ilishlari va xonadonbay o'rganishlar tumanimiz bo'ylab davom etmoqda...
 

Teglar
- -