Aholi muammolari o'rganilmoqda
Nurobod tumanini kambag'allikdan holi hududga aylantirish, aholi turmush darajasini oshirish, ularning muammolarini tinglash boʻyicha joylarda fuqarolar bilan uchrashuvlar, muloqotlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun Nurobod tumani hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov tumandagi Navroʻz va Sharq Yulduzi mahallalarida bo'lib, fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi hamda ularning muammo va murojaatlarini, takliflarini tingladi.
Murojaatlarning ijobiy hal etilishi, fuqarolarning bandligini va doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlarini ta'minlash orqali aholi turmush darajasini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, fuqarolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xonadonlardagi isitish tizimi, yashash sharoitlari o'rganilib, mavsumni betalafot o‘tkazish, is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida aholi o'rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.