insurez
26-07-2024 10:34

Abituriyentlar testdan so‘ng nimalarni tanlashi lozim?


Abituriyentlar testdan so‘ng nimalarni tanlashi lozim?

1) Beshtagacha yo‘nalish tanlanadi:

Bunda  siz topshirgan fanlar majmusiga mos keladigan istalgan yo‘nalish va istalgan OTMni tanlashingiz mumkin.

2) Ta’lim shakli tanlanadi: 

Kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarini tanlashingiz mumkin. Besh yo‘nalish orasida ta’lim shakllarini aralashtirish ham mumkin, masalan, 1 va 2 yo‘nalish - kunduzgi, 3 - sirtqi, 4 - kechki, 5 - masofaviy.

3) Tanlov ustuvorligi belgilanadi:

Davlat granti yoki yo‘nalish uchun ustuvorlikni tanlash mumkin. Yo'nalish ustuvorligi tanlansa, mandat topshirgan yo'nalishlaringiz ketma-ketligida, agar grant ustuvorligi tanlansa, to'plagan balingiz qaysi yo'nalishda davlat grantiga yetarli bo'lishi asosida shakllantiriladi.

Teglar
- -