30-iyul — Xalqlar do'stligi kuni
30-iyul sanasi yurtimizda “Xalqlar do‘stligi kuni” sifatida nishonlanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu bayram jamiyatda, xalqlar va davlatlar o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgandir.
Diyorimiz zaminida bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashab, mehnat qilmoqda. Bizni madaniyat, an’analar, urf-odatlarning umumiyligi, tillarning yaqinligi, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro hurmat bog‘lab turadi. Mamlakatimizda 138 ta milliy madaniyat markazi va 34 ta do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatib turibdi. 16 ta konfessiyaga tegishli 2225 ta diniy tashkilot o‘z ishini erkin amalga oshirmoqda.