insurez
19-06-2024 14:39

Hurmatli tumanimiz fermer xo'jaliklari rahbarlari hamda fuqarolar diqqatiga!

Hurmatli tumanimiz fermer xo'jaliklari rahbarlari hamda fuqarolar diqqatiga!

“Gʻalla -2024” mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida Nurobod tumani FVB ogohlantiradi! Somon poyalarini dala maydonlaridan yigʻib olish va tashishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga hamda kerakli tavsiyalarga rioya qiling:

 

-somon poyalarini tashish vaqtida avtotransportlarga somonni ortiqcha yuklamang;

- tashish vaqtidagi avtotransportlar (traktor va boshqalar)ga uchqun qaytargichlardan foydalaning;

- g'alla maydonidagi somon-poyalarini yigʻib olish va tashish vaqtida tamaki mahsulotini chekish qatʼiy taqiqlanadi.

 

Shu bilan birga g'alladan bo'shagan yerlar va somon qoldiqlarini yoqib yubormaslik lozimligi to'g'risida ogohlantiramiz.

 

Bu kabi holga yo'l qo'yilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi MJTK ning 88-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatib o'tamiz.


Ona tabiatni asrash har birimizning muqaddas burchimizdir!!!

Teglar
Insurance Policy