Nurobod tumanida voyaga yetmaganlar bilan samarali ishlash mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Nurobod tuman hokimligida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi boshlig‘i N.Jaloliddinov va mutasaddilar ishtirokida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilash ishlash borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

N.Jaloliddinovning so‘zlariga ko‘ra:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Nurobod tuman bo‘limi tomonidan 2024-yilning yanvar oyidan to bugunga qadar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularga vasiy va homiy tayinlash bo‘yicha ishchi guruh faoliyat olib bordi va xatlov ishlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra tumandagi 115 nafar voyaga yetmaganlar ota-ona qaramog‘isiz ekanligi aniqlanib, ularning manzilli ro‘yxati shakllantirildi.

Shakllantirilgan ro‘yxat asosida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 98 nafar bolalarga vasiylik va homiylik belgilandi. Qolgan 17 nafar yoyaga yetmagan bolalarga vasiylik va homiylik belgilash bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek, tumanda chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tumandagi voyaga yetmaganlarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya tuman bo‘limi bilan hamkorlikda ishlar tashkil etib borilmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM