Nurobod tumanida avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatish holati mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi boshlig‘i M.Raimshukurov va soha vakillari ishtirokida tumandagi avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatishning bugungi kundagi holati, sohadagi muammo va kamchiliklar  yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Nurobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega 147 km, mahalliy ahamiyatga ega 241 km, jami 388 km avtomobil yo‘liga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Muassasa tomonidan avtomobil yo‘llari holatini yanada yaxshilash, yo‘llarning toshqin va sel suvlari yoki boshqa turli sabablar tufayli zarar yetgan qismlarini ta’mirlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

2024-yilda joriy ta’mirlash dasturi asosida davlat ahamiyatidagi 4R-52"A-378 a/y "Sarikul k-Nurobod sh-Sepki k-Karnab k-Novoyi sh" 0-116 km avtomobil yo‘lining 65-70 km oraliq qismini joriy ta’mirlash ishlari uchun davlat byudjetidan 991 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mahalliy ahamiyatga ega 4K-546 “Nurbuloq-Boshquduq-Ulus” 0-24 km avtomobil yo‘lining 0-12 km oraliq qismi, 4N-553 “Shurcha-Nurdum-Jarquduq” 0-31 km avtomobil yo‘lining 0-5 km qismi, 4K-544 "Qizilquyosh qishlog‘iga kirish" 7-13 km avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash ishlari uchun davlat byudjeti hisobidan har biriga 991 million so‘mdan mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tasarrufidagi 4N-552 “Gʻallakor qishlogiga kirish”(0-4) km avtomobil yo‘lining 4 km qismiga sementobeton qoplamalar yotqizilishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo‘llangan savollarga M.Raimshukurov tomonidan batafsil javoblar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM