Kitob va kitobxonlik – inson ma'naviyati ko'zgusi

Xabaringiz bor, 22 – 26 aprel kunlari kitobsevar millat shiori ostida IV Respublika “KItobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Kitobxonlik haftaligi Nurobod tumanida ham qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Bugun Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman axborot-kutubxona markazi va 40-maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida turli adabiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, kitobxonlik va intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan turli viktorinalar o‘tkazilib, g‘oliblar tashkilotchilarning qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM