Aholi tomorqalariga ertagi ekinlar ektirish mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Nurobod tumani hokimligida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi E.Diyarov va soha vakillari ishtirokida 2024-yilda aholi tomorqalariga ertagi ekinlar ektirish masalasida matbuot anjumani tashkil etildi.

2024-yilda Nurobod tumani hududidagi 27583 ta tomorqa yer egalarining jami 3240 gektar maydoniga bahorgi(ertaki) ekinlar: jumladan, 1787 gektariga sabzavot, 131,6 gektariga poliz mahsulotlari, 822 gektariga kartoshka va 168,9 gektariga boshqa ekinlar ekish rejalashtirilgan.

Aholi tomorqasiga ekiladigan maydonlarga talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i moylash materiallari bilan ta’minlash uchun 4 ta ta’minotchi korxonalar biriktirilgan.

Tumanda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida 2024-yilda 1 sotixli 535 ta yengil issiqxonalar qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 53 ta issiqxonalar qurib foydalanishga topshirildi.

Matbuot anjumi yakunida qatnashchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan berilgan savollarga E.Diyarov tomonidan batafsil javoblar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM