Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Mana, bir necha yildirki, mamlakatimizda 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan bu yilgi tadbir ham tantanali tus oldi.

Bayram tadbirida Bosh vazir o‘rinbosari O.Ramatov va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov ishtirok etib, mazkur soha aholi kayfiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan o‘ta mas’uliyatli sohalardan biri ekanligini ta’kidlashdi.

Tadbirda soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan vazirlik va uning tizim tashkilotlari qatorida Nurobod tumani arxitektura va qurilishi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Vahob Rahmonov ham “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

V.Rahmanovni ushbu yutug‘i bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM