Nurobod tumani bo‘yicha “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2024-yil 1-mavsumi natijalari to‘g‘risida ma’lumot

2024-yil 1-mavsumi uchun tuman budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi hisobidan 9 837,7 mln so‘m, “mening yo‘lim loyihasi” mablag֥‘lari hisobidan 4 000,0 mln so‘m va 2024-yil 1-yanvar holatiga tuman erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 2 003,0 mln so‘m, 2024-yil 1-yanvar holatiga “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi” qoldiq mablag‘lari hisobidan 1 549,7 mln so‘m, jami 17 390,4 mln so‘m mablag‘ jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman hokimligida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” ga yo‘naltirildi.

Jamoatchilik fikri asosida 2024-yil 1-mavsumning birinchi bosqichida, joriy yilning 1-fevraldan 22-fevral kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining openbyudjet.uz rasmiy veb-sayti orqali tumandagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tomonidan 94 ta 110 mlrd 412 mln so‘mlik takliflar kelib tushdi.

Ikkinchi bosqichda ushbu takliflar joriy yilning 22-fevraldan 16-martigacha ishchi guruh tomonidan o‘rganish asosida saralandi, natijada ishchi guruh xulosasiga asosan 71 ta 85 mlrd 844 mln so‘mlik takliflar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Uchinchi bosqichda, joriy yilning 16-martdan 04-aprel kuni ovoz berish yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz yig‘ib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida, shuningdek, “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 13 ta taklif tashabbuskorlari jami 56 092 ta ovozlar yig‘ib, 17 mlrd 300 mln so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.
Jumladan:

1. Qo‘rg‘oncha MFY Qo‘rg‘oncha qishlog‘ining 3000 metr ichki yo‘llarini  asfaltlashtirish uchun 5725 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

2. Jom MFY Dukur guzaridan Tinchlik guzarigacha bo‘lgan 5 km yo‘lni asfaltlash uchun 5390 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

3. Qoְ‘rg‘oncha MFY Sahro uchastkasi 49-maktab yo‘lidan Istiqlol, Buloqboshi 1 va Buloqboshi 2 qishloqlariga qadar bo‘lgan 3 km yo‘llarga asfalt yotqizib ta'mirlash uchun 5367 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

4. Qo‘rg‘oncha MFY 4N-632 Sepki–Oltio‘gְ‘il avtomobil yo‘lining 7-10 km qismiga asfalt yotqizish uchun 4937 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

5. Samarqand-Qalqamani bog‘lovchi Yurg‘abuloq yo‘lining 5 km qismini asfalt qilish uchun 4920 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

6. Qo‘rg‘oncha MFY Kattasoy-2 tor ko‘cha (Teraksoy qishlog‘i) ichki yo‘llarini asfaltlashtirish uchun 4555 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

7. Buloqboshi MFY Sepki qishlog’idagi “Sepki oilaviy poliklinikasi”ni yangidan qurish uchun 4302 ta ovoz yig‘ib,  1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

8. Boshquduq MFY Pastdarg‘om tumaniga bog‘lovchi yo‘lning 2,2 km qismiga asfaltlashtirish uchun 4191 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

9. Xalqabod MFY ninig guzarlariga 500 ta beton sim yog‘och, 6000 metr kabellar va 4 ta transformator o‘rnatish uchun 4009 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

10. Tim qishlog‘i Arabota MFY ga qarashli 7-8-10 ko‘chalarga asfalt yotqizish uchun 3886 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

11. Po‘latchi MFY binosini yettilikka mo‘ljallangan zamonaviy qilib yangidan qurish uchun 3531 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

12. Tegirmonboshi MFY Galasherik va Haprin  guzarlarining ichki yo‘llarini asfaltlashtirish va mavsumiy yogʻingarchilik suvlari uchun asfaltning yonidan latok-ariqlarni oʻrnatish uchun 2642 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

13. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonani ta’mirlash uchun 2637 ta ovoz yig‘ib, 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

Nurobod tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM