O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlik, do'stona aloqalar ko'lami tobora kengayib, mustahkamlanib bormoqda

So'nggi yillarda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlik, do'stona aloqalar ko'lami tobora kengayib, mustahkamlanib bormoqda.

Shu hamkorlikning amaliy natijasi o'laroq, bugun Nurobod tuman hokimligida Xitoy ishbilarmonlari bilan iqtisodiy uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda tuman hokimi S.Berdiqulov va xitoylik investorlar o'rtasida qurilish mahsulotlari, jumladan pishgan g'isht ishlab chiqarish  sohasida yirik ko'lamdagi qo'shma loyihalar to'g'risida muzokaralar o'tkazildi.

Muzokaralar yakunida ikki tomon uchun ham manfaatli, soha rivojini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM