Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

Bugun Nurobod tumani 2-son umumta'lim maktabida nuroniylar, harbiy xizmatchilar hamda tuman yoshlari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.

Uchrashuvda Nurobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi, harbiy qism vakillari, ota-onalar va yoshlar ishtirkok etishdi. 

Bosh maqsad faxriylar va yoshlar o‘rtasida davra suhbatlari, faxriylarning bilim tajribalarini yoshlarga o‘rgatish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy qismga sayohat va amaliyot tashkil  etishlariga ko‘maklashishdan iboratdir.

Mehnat faxriylari hamda tuman yoshlari tomonidan yurtimizda inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari haqida so‘z yuritilib, tumanda erishilgan yutuqlar e’tirof etildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM