Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz

Bugun Nurobod tumani Nurbuloq mahallasida “Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir azal-azaldan bizga meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlarni, dasturlarimizni, tariximizni, milliy qadriyatlarimizni avloddan-avlodga yetkazib borishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

Tadbirda hududda istiqomat qilayotgan aholining urf-odatlari, milliy taomlari, qadriyatlari tarannum etildi. 

Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi, kuy va qo‘shiqlar hamda raqslar ijro etilib, tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM