Aholi murojaat va takliflari tinglandi

Nurobod tuman 3-sektor hududidagi Mash'al mahallasida sektor rahbari, tuman IIB boshlig'i Z.Suvonqulov mahalla aholisi va yoshlari uchun sayyor qabul o'tkazdi.

Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, tabiiy gaz, kadastr, ichimlik suvi, ichki yo'llar ta'miri, aliment va tibbiy masalalar yuzasidan 20 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.

Aksariyat murojaatlar shu joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, ijrosi batafsil o'rganish va muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Xalq roziligini, baxtli turmush kechirishini ta'minlashga qaratilgan rahbar va fuqarolar uchrashuvlari joylarda davom etmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM