Nurobodda umumxalq hashari qizg‘in davom etmoqda

Umumxalq hasharining 2-kuni doirasidagi obodonlashtirish ishlari Nurobod tumanida ham erta tongdan boshlab yuborildi.

Hozirda har bir mahalla, ko‘cha, guzarlarda ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Qabristonlar xas-xashaklardan, tomorqalar xazonrezgidan qolgan barglar va cho‘plardan, yo‘l yoqalari turli chiqindilardan tozalanib, ariqlar yangitdan qazilmoqda va ko‘plab daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Qilinayotgan bu kabi xayrli ishlar tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishi, yanada obod bo‘lishiga hissa qo‘shishi, shubhasiz.

Tumanimiz aholisini o‘zida jamlagan ushbu bunyodkorlik ishlarida sizni ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz, aziz tumandoshlar!
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM