Hurmatli Nurobodliklar!

Siz azizlarni 19-mart kuni soat 13:00 da  tumanimizdagi "Mehnat" o‘yingohida "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!"  bosh go‘yasi ostida boshlanadigan Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonalariga taklif etamiz.

Bayram tantanalarida  estradamiz yulduzlari Janob Rasul va Laylo Alimova o‘z chiqishlari bilan sizlarni xushnud etadi.

Shuningdek, bayram dasturidan milliy taomlar ko‘rgazmasi, madaniy ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari, o‘zbek xalq milliy o‘yinlari va turli sport musobaqalari o‘rin olgan.

Barchangizni yosharish, yangilanish ayyomi, qalblarni xursandchilikka to‘ldirguvchi Navro‘z umumxalq bayrami tantanalarida kutib qolamiz!

Bayram dasturlari mutlaqo bepul.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM