Hashar — elga yarashar

Avval xabar qilganimizdek, 16—18 mart kunlari butun Respublikamiz bo'ylab umumxalq hasharlari o'tkazilishi belgilangan edi.

Nurobod tumanida bugun erta tongdanoq ushbu xayrli ishlar boshlab yuborildi.

Hashar doirasida yo'l yoqalari, qabristonlar, ko'p qavatli uylar, hovlilar, stadionlar, korxona va tashkilotlar binolarini tozalash-obodonlatirish, daraxtlarni oqlash va yangi ko'chatlar o'tqazish ishlari qizg'in davom etmoqda.

Barcha tumanimiz fuqarolarini ushbu xayrli va bunyodkorlik ishlariga munosib hissa qo'shishga chorlaymiz!
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM