Nurobod tumanida ishlarni mexanizatsiyalashtirish yig‘ma komandasining tayyorgarlik holatini ko‘rikdan o‘tkazish va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumanida ishlarni mexanizatsiyalashtirish yig‘ma komandasining tayyorgarlik holatini ko‘rikdan o‘tkazish va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimligi, tumandagi tegishli tashkilot va korxonalar mas’ullari ishtirok etib, 15-mart kunidan 15-aprel kuniga qadar Respublikamizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish, “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida shay holatda turish, sel va toshqin suvlari yuzaga kelganda favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida texnikalar va asbob-anjomlar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tadbir davomida yig‘ma komanda a’zolariga favqulodda vaziyat(holat)lar sodir bo‘lganda uni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM