#Tabrik

Qadrli  Nurobodliklar!

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni, jumladan, siz aziz Nurobodliklarni 15-mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni 1996-yil 26-aprelda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganidan buyon keng nishonlab kelinmoqda.

Maʼlumki, “Consumer International” tashkiloti har yili muntazam ravishda “Yil mavzusi”ni belgilaydi. Xalqaro tashkilot joriy yilgi Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni – “Isteʼmolchilar uchun adolatli va masʼuliyatli sunʼiy intellekt” shiori ostida nishonlanishini eʼlon qildi. 

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining isteʼmolchi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Ushbu huquqlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan.

Mazkur huquqiy hujjatlar zamon talabi va yangilanishlarni inobatga olgan holda takomillashtirib kelinmoqda.

Aytish mumkinki, mamlakatimizda har bir isteʼmolchi huquqi tom maʼnoda qonun himoyasida. Tumandoshlarimizdan ana shu huquqni anglash, foydalanish va unga nisbatan hurmat bilan qarash talab etiladi.

Tumanimizda yuksak isteʼmol madaniyatini shakllantirish, fuqarolarimizning isteʼmolchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish bizning bosh maqsadimizdir.

Biz bu ezgu maqsad yoʻlida doimo siz bilan birgamiz!

Umar To‘ychiyev,
Nurobod tumani Isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyati raisi

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM