Nurobodda Ramazon oyi munosabati bilan mehr-muruvvat iftorlik dasturxonlari yozildi

Nurobod tuman hokimligi tashabbusi bilan “ZamZam” milliy taomlar maskanida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.

Tadbirda tuman tuman hokimi S.Berdiqulov, diniy ulamolar, ro‘zadorlar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bor oilalarning a’zolari ishtirok etishdi.

Fayzli iftorlik dasturxoni atrofida kechgan suhbat avvalida diniy ulamolar tomonidan muborak Ramazon oyining fazilatlari, insonlarni bir-biriga nisbatan mehr-oqibatli, kechirimli bo‘lishlari, bu oyda qilinadigan xayr-saxovat ishlarining naqadar ulug‘ amal ekanligi to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

Tadbir yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bu kabi xayriya tadbirlari, iftorlik marosimlari tumandagi barcha mahallalarda davom ettiriladi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM