Ayrim talabalar kontrakt pulini 10-aprelgacha toʻlashi mumkin

Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi, deb xabar berdi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Xabarga koʻra, davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024 oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Maʼlum boʻlishicha, bu hamma talaba-oʻquvchilar uchun amal qilmaydi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

✅ oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

✅ xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

✅ professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Shu qatorda, vazirlik ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati amaldagi tartibga asosan OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkinligini eslatib oʻtgan.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM