Migratsiyadagi fuqarolar xonadonidan xabar olindi

Bugun Nurobod tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Z.Suvonqulov, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari A.Ziyatov va mas’ullar ishtirokida tumanning Nurbuloq mahallasida migratsiyaga ketgan fuqarolar xonadonlaridan xabar olinib, ularning ota-onalari, oila a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida migratsiyadagi fuqarolarning bugungi kundagi ish faoliyati, oilasi bilan uzviy aloqasi, muammolari, ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, mas’ullar tomonidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, migratsiyadagi fuqarolarning xonadonlaridagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM