Nurobodda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda

Nurobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlari qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Hududlarni yashil maskanlarga aylantirish bo‘yicha mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda butalarini ekish ishlarida Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, ekologiya, obodonlashtirish bo‘limi mas’ul xodimlari va tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari faol ishtirok etishmoqda.

Bugun tuman rahbari boshchiligida “Mehnat” o‘yingohi atrofidagi bo‘sh turgan hududga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ushbu nihollar kelajakda tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk, husn va yashillik qo‘shishdan tashqari hudud havosi musaffoligini oshirishda, aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM