Prezident Nukusdagi mahallada mehmon boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni Nukus shahridagi Altin jagʻis mahallasida boʻlib, aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi.Bu yerda 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallalardagi manzilli ishlar Altin jagʻisda ham oʻz natijasini bermoqda. Yaqin-yaqingacha bu manzil transportlar borishi qiyin, kommunikatsiya tarmoqlari kamchil joy edi. Oʻtgan yili bu yer “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yoʻl, elektr energiyasi, ichimlik suvi hamda gaz tarmoqlari yangilandi.Mahalla binosi yangidan qurilib, uning atrofida bolalar maydonchalari, tibbiyot punkti, tadbirkorlikka koʻmaklashuvchi markaz, savdo shoxobchasi tashkil etildi. Zamonaviy sport majmuasi qurib bitkazilmoqda. Bunday yaxlit majmua aholiga qulaylik yaratadi.Davlatimiz rahbari mahalladagi oʻzgarishlarni koʻzdan kechirdi, aholi bilan suhbatlashdi.Mahallangiz obod boʻlganini, odamlar yuzidagi rozilikni koʻrib xursandman. Buni hamma joyda davom ettiramiz. Qoraqalpogʻiston mahallalarini obod qilish, suv, yoʻl, elektr taʼminotini yaxshilash, maktab, bogʻcha va tibbiyot punktlarini qurish va taʼmirlash uchun bu yil 1,5 trillion soʻm berayapmiz. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻistondagi 452 ta mahallaning har biriga toʻgʻridan-toʻgʻri 500 million soʻmdan qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi. Muammoni mahallaning oʻzi koʻtarsin, oʻziga pul beraylik, oʻzi nazorat qilsin. Shunda sifat va manfaat boʻladi. Odamlar rozi boʻladi, – dedi Prezident.Bu yerda ham tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlab, yangi ish oʻrinlari yaratishga eʼtibor qaratilmoqda. Mahallaning yeri unumdor emas. Aholi asosan xizmat koʻrsatish orqali daromad oladi. Mahallada maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonalari, novvoyxona, mebelsozlik va texnik xizmat ustaxonalari bor. Kelgusida quyonchilik va baliqchilikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.Mahalla bilan tanishish uzoq davom etdi. Davlat rahbari shu yerlik Quoʻanshbay Seytnazarov xonadonida iftorlik qildi.Yurtimizni Navroʻz shukuhi hali tark etmagan. Prezidentimiz mahalla ahlining sumalak saylida ham ishtirok etdi.Shavkat Mirziyoyev shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham suhbatlashdi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM