Bugun 30-mart butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro chiqindilarsiz kun”.

Bugun 30-mart butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro chiqindilarsiz kun”.

Shu munosabat bilan Nurobod tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, “Marjonabegim” MCHJ, Obodonlashtirish boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida "Hududlarda chiqindisiz kun" shiori ostida tadbirlar uyushtirilmoqda.

Bugun erta tongdan tuman markazida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirok etib, tegishli mas’ullarga chiqindilarni tozalash bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab berildi.

Tadbir qatnashchilari chiqindilarni tozalash, daraxtlarni oqlash, bezak berish, hududlarni obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlariga kirishdilar.

Hurmatli tumandoshlar! 
Tumanimiz hududida obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Siz ham bu tadbirlarda faol qatnashing!

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM