Energetika vazirligi: 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi

Xabar berganimizdek, sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning meʼyorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.

Shu sababli, joriy yil 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

Hurmatli vatandoshlar! AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.   

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM