Nurobod tumani hokimligida mahallalardagi yoshlar yetakchilariga o'quv-seminar tashkil etildi

Nurobod tumani hokimligida mahallalardagi yoshlar yetakchilariga o'quv-seminar tashkil etildi. O'quv seminarida tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi boshlig'i A.Ziyatovlar ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarorlarida yoshlarga berilgan imtiyozlar, yordam turlari, ulardan foydalanish yo‘nalishlari tushuntirib o‘tildi. 

Bundan tashqari, yetakchilarning ish samaradorligi, KPI ko'rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ham tushunchalar berildi.

Shuningdek, 2023-yilda yoshlar sohasida amalga oshiriladigan ishlar ham muhokama qilindi. 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM