Bir guruh ustozlar bilan uchrashuv tashkil etildi

#Nurobod_tumani 
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni   

Nurobod tumani xalq ta'limi bo'limining faollar zalida "1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami munosobati bilan boshqa viloyatlardan kelib tumanimizning olis va chekka hududlaridagi umumta'lim maktablarida o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berib kelayotgan bir guruh ustozlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda tuman xalq ta'limi mudiri O.Jangirov so'zga chiqib, pedagoglarning mashaqqatli mehnat faoliyatini e'tirof etib, ularni kasb bayramlari bilan tabriklab, bayram sovg'alarini ulashdi.

Tadbir davomida ustozlar so'zga chiqib Nurobod xalqining mehmondo'stligi, betaktor tabiati va ularga yaratilgan imkoniyatlardan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM