Ortiqxoʻjayevga “Paxtakor”ning birinchi raqamli libosi taqdim etildi

Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev “Paxtakor” futbol klubi rahbariyati, asosiy jamoa va klub vakillari bilan uchrashish uchun “Paxtakor” stadioniga tashrif buyurdi. Unda Toshkent shahar hokimi “Paxtakor” jamoasi hamisha oʻzbek futboli faxri boʻlib kelgani, bundan buyon klubda barcha sharoitlar muhayyo etilishi borasida futbolchilarga taʼkidladi. Jamoa Oʻzbekistonda yetakchilikni saqlab, Osiyo Chempionlar Ligasi gʻolibiga aylanish maqsadida harakatlarini muntazam kuchaytirib borishiga urgʻu berdi. Buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilishi, yosh futbolchilar va akademiyaga eʼtibor qaratilishi toʻgʻrisida aytib oʻtdi. Klubdagi doʻstona muhit yangi gʻalabalar va rivojlanish yoʻlida asosiy qadam boʻlishi haqida taʼkidladi. Klubda ayni paytda faoliyat koʻrsatayotgan rahbariyat va xodimlar ishga professional munosabatda boʻlib, oxirgi yillarda klubni yuqori darajaga olib chiqishda faol mehnat qilayotgani va katta hajmda ishlar bajarilganini eʼtirof etdi.Uchrashuv yakunida “Paxtakor” bosh murabbiyi Piter Xyuistra va jamoa sardori Yegor Krimes minnatdorchilik sifatida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga “Paxtakor”ning birinchi raqamli libosini taqdim etishdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM