1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati  uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
 

2015-2024 © Nurobod tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM