Nurobod tumani "Girdiqo‘rg‘on" mahallasida yangi DMTT ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani "Girdiqo‘rg‘on" mahallasida yangi tashkil etilgan 27-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda "Girdiqo‘rg‘on" mahallasida maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar soni 430 nafarni tashkil qiladi.

Mahallada 4 mlrd 540 mln so‘m Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan zamonaviy 90 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining binosi qurib bitkazildi. 

Yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy mebellar, o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar bilan jihozlangan.
 

2015-2024 © Nurobod tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM