Nurobod tumanida yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Bugun Nurobod tumanida "Chorvador" mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, mahalla faollari, nuroniylar, va keng jamoatchilik ishtirok etib, mahalla instuti faoliyatini yanada rivojlantirish, uni eng xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini binosi namunaviy loyihalar asosida 465 million so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qurilgan bo‘lib, bino zaruriy mebel, kompyuter jamlanmalari va boshqa vositalar bilan ta’minlangan.
 

2015-2024 © Nurobod tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM