Bugun Nurobod tumanida Navro‘z bayrami munosabati bilan sportning mini-futbol turi bo‘yicha Samarqand viloyati IIB boshlig‘i kubogi musobaqasi o`tkazildi.
Musobaqada Samarqand shahri, Samarqand tumani, Pastdarg‘om tumani va Nurobod tumani IIB xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Murosasiz kechgan bahslar yakunida Samarqand tumani jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, turnirning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Barcha sovrindor o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.