Xabar berganimizdek, bugun Grand Almaz bazmgohida 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tuman hokimi S.Berdiqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tumanimiz xotin-qizlariga o‘zining bayram tabrigini yo‘lladi.
Tadbirda tuman rahbari tomonidan xizmat faoliyatida o‘rnak ko‘rsatgan, namuna bo‘la olgan, ilg‘or va faol xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tantanali kechgan tadbir xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlari hamda ishtirokchilarning raqslariga ulanib ketdi.
Umumiy aytganda, bayram tadbiri kutilganidanda zavqli, fayzli, shukuhli o‘tdi va xotin-qizlar quvonchiga quvonch qo‘shdi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!