Nurobod tumanida zamonaviy qo'shimcha maktab binosi foydalanishga topshirildi

Bugun Nurobod tumani “O‘rtabo‘z” mahallasida Investisiya dasturi asosida mukammal ta’mirlangan 28-umumta’lim maktabiga qurilgan 180 o‘rinli qo‘shimcha binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov, xalq ta’limi fidoyilari, o‘quvchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Zamon talablari asosida mukammal ta’mirdan chiqqan mazkur maktabda 600 ga yaqin o‘quvchilarning zamon talablari asosida sifatli ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

Maktab qo‘shimcha binosi “Zamonaviy maktab” dasturi asosida tubdan yangicha qiyofaga keltirilib, butunlay yangicha jihozlar bilan ta’minlangan.

2015-2024 © Nurobod tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM