Nurobod tumani markazida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi

Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san'at maktabida ish bilan band bo‘lmagan yoshlar, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va kasbga yo‘naltirish maqsadida tuman sektor rahbarlari tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.

“Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasida 100 nafarga yaqin fuqarolar qatnashib, kasb mutaxassisliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlarda ishlash uchun yo‘llanmalar berildi. 6 nafar fuqarolar esa kasb-hunar kurslariga yo‘naltirildi.

Shuningdek, yarmarkada qatnashgan fuqarolarga aholini ish bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM