“Men tanlagan kasb” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Nurobod tumanidagi 73-umumta’lim maktabida “Men tanlagan kasb” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirga shu maktabda tahsil olib, bitirib ketgan sobiq oʻquvchilar taklif qilindi.

Tadbir davomida sobiq bitiruvchilar soʻzga chiqib, maktab hayotidagi qiziqarli voqealar, hayot yoʻllaridagi qiyinchilik va mashaqqatlarni yengishda maktabda olgan bilimlari as qotganliklari haqida gapirib oʻtishdi.

Maktab o‘quvchilari tomonidan “zakovat intelektual” oʻyini, tezkor savol-javoblar tashkil etilib, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan raqs va kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Tadbir soʻnggida maktab rahbariyati tomonidan sobiq bitiruvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM