Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov “Olg‘a” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi

Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov “Olg‘a” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tuman rahbari mahalla hududida amalga oshirilayotgan asfalt yotqizish, ichki tuproq yo‘llarni shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirish, elektr energiyasi va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari bilan yaqindan tanishib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tez kunlarda bartaraf etish bo‘yicha biriktirilgan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yo‘l-yo‘lakay aholi murojaatlari tinglanib, ularning muammolariga yechim izlandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM