NUROBOD TUMANI AHOLISINING GAZ JIHOZLARI TEXNIK HOLATI TEKSHIRILDI

Nurobod tumanining Arabota mahallasida istiqomat qiluvchi Malika Yo’ldosheva boquvchisini yo’qotgan, ko’p bolali onalardan biri. 

“Nurobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limining aholi va ulgurjilarga servis xizmat ko’rsatish bo’limi muhandis-texnik xodimlarini doimo sevinch bilan kutib oladi. Bu gal ham mutaxassislar xonadondagi gaz plitasi, isitish tizimi, elektron gaz hisoblash uskunasining texnik holatini sinchkovlik bilan ko’zdan kechirishdi.

- Ancha yil ilgari tuman gazlashtirish idorasiga borib, gaz plitasi va isitish tarmog’ini texnik, profilaktik ko’rikdan o’tkazishini so’rab murojaat qilganimda meni homiylikka olishgan. Shundan beri gaz plitasi, isitish tarmog’ining texnik holatini tekshirishib ketishadi. Men singari oddiy qishloq ayoliga, shunchalik e’tibor berilayotgani uchun Davlatimiz Rahbaridan, hukumatimizdan minnatdorman,-deydi Malika Yo’ldosheva.

Nurobod tumanidagi 12 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 6 ming 965 ta aholi xonadonlari tabiiy gaz, 38 ta mahallalardagi 19 ming 620 ta   iste’molchilar suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan.

Tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish yuzasidan joriy yilning o’tgan ikki oyi davomida 1 ming 50 ta aholi xonadonlaridagi gaz plitalariga texnik xizmat ko’rsatildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM