OCHIQ MULOQOT bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/nur_press/20605) bugun Nurobod tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari hamda “Cluster Kattakurgan gold” MCHJ, “Abduravshan chorvador dalasi” MCHJ, “ Cluster Sahoba chorvadorlari” MCHJ, “ Cluster Olg‘a chorvadorlari” MCHJ rahbariyati va soha mutaxassislari ishtirokida tuman fuqarolari bilan OCHIQ MULOQOT bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida tuman hududidagi yaylovlardan unumli foydalanish tartibi, chorvachilik sohasini rivojlantirishga berilayotgan imtiyozlar, sohaga berilayotgan subsidiya, kompensatsiya, soliq, bojxona va kredit imtiyozlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yaylovlardan foydalanish bo'yicha hududlarda yuzaga kelayotgan nizoli vaziyatlarni oldini olish bo'yicha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli tartibda tushuntirishlar berilib, aksariyat masalalar joyiga chiqqan holda hal etilishi belgilandi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM