Nurobodda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish xonadonlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, barcha ish joylarining issiq bo‘lishidan tashqari xatarsiz bo'lishi ham demakdir. Bu mavsumda yong‘in xavfsizligini saqlash ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.

Bugun Nurobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan aholini qish mavsumida is gazidan zaharlanish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish borasida haftaning har chorshanba kuni “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

“Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” davomida muassasa, korxona va xonadonlarda yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilishi o‘rganilib, kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM