Samarqandda Birinchi Prezident xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni munosabati bilan yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xotira kechalari oʻtkazilyapti.Islom Karimov tugʻilib oʻsgan va ayni paytda mangu orom topgan Samarqand shahrida ham xalqimizning ardoqli farzandi yod etilmoqda.Bugun erta tongda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat faollari shahardagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilindi.Shundan soʻng Registon maydoni yaqinida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga oʻrnatilgan haykal poyiga viloyat va shahar hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan gullar qoʻyildi.Shuningdek, viloyatdagi taʼlim dargohlari va boshqa muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazilmoqda.Jumladan, Samarqand shahrida “Islom Karimov fondi” tashabbusi bilan tashkil etilgan marosimda viloyat va shahar hokimligi vakillari, nuroniylar, faollar ishtirok etdi. Tadbir avvalida ishtirokchilar Islom Karimov tugʻilib, oʻsgan xonadonda boʻldilar.яTadbirda Islom Karimovning hayoti, ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyatni rivojlantirish borasidagi ishlari eslandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM