Sayyor qabul o‘tkazildi

Aliment undirish bo‘yicha e’lon qilingan “Dolzarb o‘n kunlik” doirasida Nurobod tumanida Byuroning tuman bo‘limi boshlig‘i A.Xamdamov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 17 ta murojaatlar kelib tushdi va 6 tasi joyida hal qilindi. Qolgan murojaatlar muddat talab etilganligi bois, alohida nazoratga olindi. 

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining buyrug‘iga asosan, qarzdor T.N dan undiruvchi B.L.ning foydasiga farzandlarining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, undiruvchi B.L.ning tilxatiga ko‘ra, bugunga qadar aliment pullari to‘liq undirildi. 

Shuningdek, ikki oila shu yerda yarashtirilib, farzandlar quvonchiga sherik bo‘lindi. 

Tumanda bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Zulfiddin Esanov, 
MIB Nurobod tuman bulimi davlat ijrochisi 1-darajali yurist

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM